8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:20 / 26.06.2019 6021

David Silva «Manchester Siti»dan ketishini e'lon qildi

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi David Silva​ keyingi mavsumda jamoani tark etishini ma'lum qildi. 33 yoshli ispaniyalik futbolchi bir yildan keyin erkin agentga aylanadi.

«Bu so‘nggi mavsumim. 10 yil men uchun yetarli muddat», – deya Silvaning so‘zlarini keltirgan Mirror.

Silva «Manchester Siti»ga 2010 yilda «Valensiya»dan o‘tgandi. U inglizlar klubida jami bo‘lib 395 o‘yinda maydonga tushdi va 70 gol urdi. 

«Shaharliklar» bilan u to‘rt marta Angliya chempioni bo‘lgan (2011/12, 2013/14, 2017/18, 2018/19), ikki martadan Angliya Kubogida (2010/11, 2018/19) va mamlakat Superkubogida g‘alaba qozongan (2012, 2018), to‘rt  marta Angliya Ligasi Kubogini (2013/14, 2015/16, 2017/18, 2018/19) qo‘lga kiritgan.

Top