09:20 / 26.06.2019
10305

Manba: Buffon «Yuventus»ga qaytmoqda

Foto: EPA-EFE/SIMONE ARVEDA

Darvozabon Janluiji Buffon tez orada yana «Yuventus» futbolchisiga aylanadi, deb ma'lum qildi italiyalik jurnalist Fabritsio Romano tvitter sahifasida.

Manbaga ko‘ra, Buffon «Yuve»da Voysex Shchesniydan keyin ikkinchi raqamli darvozabon bo‘ladi.

Qayd etish kerak, 41 yoshli Jiji keyingi oydan boshlab erkin agentga aylanadi. U Turinni tark etganidan keyin bir yil davomida «PSJ»da o‘ynab, jami 25ta o‘yinda 25ta to‘p o‘tkazib yubordi. Bunga qadar esa 2001 yildan boshlab «Yuventus» darvozasini qo‘riqlab kelgan.

Mavzuga oid
Top