16:00 / 26.06.2019
14772

Markaziy harbiy okrugda inspektorlik tekshiruvi boshlandi 

25-28 iyun kunlari Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi boshqaruv apparati hamda unga qarashli Samarqand va Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 

Xabarda aytilishicha, 25 iyun kuni tong soat 2:00 da mudofaa vazirining o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i rahbarligidagi inspeksiya tekshiruvida dastlab bo‘linmalarning jangovar shayligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Jangovar trevoga signaliga asosan bo‘linmalar shaxsiy tarkibi belgilangan vaqt oralig‘ida shay holatga keltirildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 

Keyingi bosqichda okrug boshqaruv apparati va harbiy qism shaxsiy tarkibi qariyb 200 km masofaga, ya'ni Kattaqo‘rg‘on dala-o‘quv maydoni tomon marsh yurishdi. Mazkur harakat davomida 600 ga yaqin harbiy va jangovar texnikalar qatnashdi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 

Belgilangan masofaga yetib kelgan harbiy xizmatchilar tomonidan dala-o‘quv maydonida joylashuv va niqoblash ishlari amalga oshirildi. Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari tomonidan yurt himoyachilarining har bir harakati jiddiy sinovdan o‘tkazilmoqda.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 

Barcha shaxsiy tarkibning jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilgach, harbiy qismga munosib baho beriladi.

Top