8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:51 / 26.06.2019 10407

Navoiyda 10 kg opiyni 60 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan «olg‘ir» ushlandi

O‘tgan yilning 5 dekabr kunida Navoiyning Xatirchi tumanida 9 kg 937 gramm opiyni 60 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olingan. Bu haqda, 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan DXX tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma'lum qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbir davomida O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada 2018 yilgi natijalar xususida ma'lumotlar berilib, ayrim holatlarga to‘xtab o‘tildi. 

Jumladan, 2018 yil 4 may kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 37,5 kg opiy moddasini olib ketayotgan Afg‘oniston Islom respublikasi fuqarosi ushlangan. 

2018 yil 4 iyun kuni 45,4 kg opiy va 3ta o‘qi bo‘lgan «Makarov» pistoletini 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan yana bir afg‘onistonlik qo‘lga olingan. 

«Qora dori - 2018» tadbirlarida jami 904ta holatda 2644 kvadrat metr maydonda tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklar ekilganligi aniqlangan. 7477 kvadrat metr maydondagi yovvoyi nasha yo‘q qilingan.  

Top