8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:08 / 26.06.2019 6336

Tabiiy monopol korxonalar xususiylashtirilmaydi - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan «Davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlariga egalik qilish, ularni boshqarish va isloh etish strategiyasi»  loyihasida ko‘zda tutilgan davlat ulushi saqlab qolinadigan korxonalar haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanishicha, davlat manfaatlari va xavfsizligini ta'minlashni amalga oshiruvchi korxonalar, harbiy korxonalar va boshqa strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar, xususan quyidagi 3 toifaga kiruvchi korxonalar xususiylashtirilmaydi.

1. Davlat ulushi 100 foiz saqlanadigan korxonalar (tabiiy monopoliya sub'yektlari);

2. Majoritar, ya'ni 51 foizi aksiyasi davlat ixtiyorida qoladigan korxonalar;

3. Minoritar va vaqtinchalik davlat ixtiyorida qoladigan korxonalar.

Shuningdek, strategiya loyihasida «O‘zbekenergo»  «O‘zbekneftgaz»  kabi o‘z ixtisosligi bo‘lmagan aktivlarga egalik qiladigan tashkilotlar safidan bu korxonalarni chiqarish ishlarini davom ettirish ko‘zda tutiladi.

Bu strategiyaning asosiy maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqarish tizimini isloh qilish, ularni faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishdan iborat.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departamenti boshlig‘i Baxtiyor Haydarovga ko‘ra, strategiya loyihasi qabul qilingandan keyin davlat ishtirokidagi barcha korxonalari inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.

«Ularning davlat ulushini saqlash mezonlariga muvofiqligi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tuziladigan ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, ular 3 guruhga toifalanadi. Davlat ixtiyoridan chiqib ketadigan korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi», — deydi u.

Top