19:30 / 26.06.2019
14802
Tramp va Putin uchrashuvida qaysi mavzular muhokama qilinishi ma'lum bo‘ldi
Foto: Carlos Barria / Reuters

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi 28 iyun kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga bir soat vaqt ajratilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi. 

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda strategik barqarorlik masalalari, Suriya, Afg‘oniston, Venesuela, Ukrainadagi mintaqaviy nizolar mavzulari muhokama qilinadi. Davlat rahbarlari shuningdek, Eron muammosini ham muhokama qilishadi. 

Kreml vakili ko‘p narsa prezidentlarning suhbatni qanday qurishlariga bog‘liq ekanligini qo‘shib qo‘ydi.

G20 sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28 iyun kuni boshlanadi. 

Top