21:44 / 26.06.2019
12523

Ukraina delegatsiyasi Yevropa kengashi parlament assambleyasini tark etdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina delegatsiyasi Yevropa kengashi parlament assambleyasini tark etishini bildirdi.

Rossiyaning vakolatlarini qaytarib beruvchi rezolyutsiya qabul qilinishi bilanoq Ukraina delegatsiyasi zal markaziga chiqib keldi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Ukrainalik deputat Aleksey Goncharenko mikrofonga yaqinlashdi va "biz ketamiz" dedi.

Yevropa kengashi parlament assambleyasi chorshanba kuni Rossiya delegatsiyasining vakolatlarini to‘liq hajmda tiklovchi rezolyutsiyani qabul qildi. 

Mavzuga oid
Top