8578.36 USD +3.62

9628.35 EUR -119.41

134.52 RUB -1.31

10742.7 GBP -141.24

12:20 / 26.06.2019 8354

Xorij davlatlarining harbiy attashelari Xudoyorxon o‘rdasini ziyorat qildi

O‘zbekistonda akreditatsiyadan o‘tgan 27 xorijiy elchixonaning harbiy attashelari Mudofaa vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik rejasiga asosan Sharqiy harbiy okrugning Qo‘qon garnizonida bo‘ldi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mehmonlar ekskursiyani Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasini ziyorat qilishdan boshladi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Farg‘ona viloyatidagi ko‘p yillik tarixga ega qadamjolar ularda katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng harbiy attashelar va ularning yordamchilari  Qo‘qon garnizonidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ular bu yerda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv sinflari va mashg‘ulot maydonchalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, turli yo‘nalishlarda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati mehmonlar e'tiborini o‘ziga tortdi», deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.

Top