8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:10 / 27.06.2019 2908

Bekobod tumani g‘alla rejasini viloyatda birinchilardan bo‘lib ortig‘i bilan bajardi                                                                

Bekobod tumanida 2019 yil hosili uchun g‘allachilikka ixtisoslashgan 346 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 14650 gektar maydonda

24,0 sentnerdan 34780 tonna  don topshirish rejalashtirilgan edi.

Yetishtirilgan g‘alla hosilini o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish maqsadida 55 ta o‘rim otryadlari shakllantirilib, har bir otryadga bittadan jami 55 ta g‘alla o‘rish kombaynlari, har bir kombaynga

5 tadan jami 275ta yuk tashish texnikalari, ko‘chma ta'mirlash ustaxonalari va yoqilg‘i quyish mashinalari biriktirildi.

Joriy yilning 25 iyun  kuniga qadar barcha  fermer xo‘jaliklarining 8500 gektar g‘alla maydonlari o‘rilib, davlatga don topshirish rejasi 39360 tonnaga bajarildi. Ya'ni rejaga nisbatan 113,1 foizga yoki 4580 tonna ortig‘i bilan oxirgi 15 yil davomida birinchi marotabaToshkent viloyatida birinchi bo‘lib bajarilishiga erishildi.

Shu munosabat bilan hududda hosil bayrami bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida O‘zbekiston, Turkmaniston hamda Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, "Nihol" mukofoti sovrindori Bahrom Nazarov va boshqa  estrada xonandalari ishtirok etishdi.

 G‘alla rejasini ortig‘i bilan ado etgan fermerlar tuman hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Top