09:00 / 27.06.2019
5101
Reklama

«Yangi Darhon» turarjoy majmuasi Tailandga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasini o‘ynaydi

«Yangi Darhon» turarjoy majmuasida xonadon xarid qilsangiz siz Tailandga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasi o‘ynaladigan o‘yin qatnashchisiga aylanasiz!

«Yangi Darhon» – «Jet Profit» developerlik kompaniyasidan taqdim etiladigan, Toshkentning qoq markazida joylashgan elitali turarjoy majmuasidir (Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on (sobiq Novomoskovskaya) ko‘chasi, «Start» stadioni).

«Loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishning barcha bosqichlarida bizning jamoamiz bitta bosh qoidaga amal qilishdi: mazkur turarjoy majmuasi birinchi navbatda insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bizning vazifamiz uning bo‘lajak aholisi uchun maksimal qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Biz o‘zimiz ham yashashni istaydigan, orzulardagi turarjoy majmuasini tasavvur qilib ishga kirishdik. Loyihaning yakunlovchi bosqichini kuzata turib, biz o‘z vazifamizni uddalaganimizni ikkilanmasdan aytishim mumkin».

Ruslan Yurov, «Jet Profit»ning mijozlar baxti bo‘yicha menejyeri.

Turarjoy majmuasining farqli jihatlari:

  • Xonadonlar tanlovi kattaligi: maydoni 68 dan 278 kvadrat metrgacha bo‘lgan 2, 3, 4, 6 xonali xonadonlar;
  • Ikki qavatli xonadonlar, pentxaus va 5, 6, 7-qavatlarda yozgi terassalarga ega xonadonlar;
  • Baland shiftlar – 3,2 metr;
  • Zamonaviy yerosti avtoturargohi;
  • Nemislarning «Buderus» kompaniyasining muqobil isitish tizimi va har bir pod'yezddagi alohida qozonxona;
  • Keng pod'yezdlar va finlarning «Kone» kompaniyasi liftlari;
  • Bolalar o‘yin maydonchasi va yopiq hamda qo‘riqlanadigan ichki hovli;
  • Erkin rejalashtirish;
  • Shaharning rivojlangan infrastrukturaga ega markazida joylashganligi;
  • 9 ballik zilzilabardoshlik.

Har bir xonadonda quyidagilar o‘rnatilgan:

  • Engelberg 70 thermo romlari;
  • Rossiyaning «Argus» kompaniyasidan temir kirish eshiklari;
  • Yuqori tezlikli internet.

«Biz yangi xonadon xarid qilish doimo hayotdagi mas'uliyatli va muhim qadam ekanligini bilamiz. Shu sababli bizning turarjoy majmuamizning barcha xaridorlari orasida Tailandga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasini o‘ynashga qaror qildik. Bu hayotingizdagi yangi bosqichni nishonlash uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi».

Ruslan Yurov, «Jet Profit»ning mijozlar baxti bo‘yicha menejyeri.

Xonadonlarning bir kvadrat metri: 8.900.000 so‘mdan 10.900.000 so‘mgacha.

Muddatli qilib to‘lash imkoniyati bor: dastlabki to‘lov xonadon bahosining 60 foizini tashkil etadi, qolgan summa 6 va 12 oy ichida bo‘lib to‘lanadi.

Uy 2019 yilda foydalanishga topshiriladi. Sotuv boshlanganidan buyon 100 ta xonadondan 55 tasi o‘zining yangi egalarini topgan.

Turarjoy majmuasi bo‘ylab tanishuv va u haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishni istasangiz kompaniya menejyerlaridan biriga bog‘lanishingiz mumkin.

Telefon: (97) 409-47-47

Facebook: fb.com/yangidarhon

Reklama huquqi asosida

Top