8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

21:49 / 28.06.2019 3050

Buyuk Britaniyaning huquqshunoslik universiteti filiali Toshkentda ochilishi mumkin

 O‘zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning yuridik universiteti (University of Law) bilan O‘zbekistonda universitet filialining faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar tarqatdi. 

Foto: Adliya vazirligi Axborot xizmati

26 iyun kuni London shahrida (Buyuk Britaniya) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining xizmat safari doirasida Buyuk Britaniyaning yuridik universiteti (University of Law – ULaw) vakillari bilan O‘zbekistonda universitet filialining faoliyatini tashkil etish masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Adliya vazirligi Axborot xizmati

Ta'kidlanishicha, uchrashuv davomida ULaw rektori Andrea Nolent ULawning O‘zbekistonda filiali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik loyihasini taqdim etdi. Xususan, ular loyiha davomida tomonlarning huquq va majburiyatlari, amalga oshirish bosqichlarini aniqlash, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish. haqida so‘z yuritishgan.

Loyiha biznesni boshqarishda BA dasturlari, O‘zbekiston qonunchiligi elementlari bilan LLB va Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha LLB doirasida talabalarni o‘qitishni nazarda tutadi.

Muhokama natijalari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida «Huquq» va «Biznes» yo‘nalishlari bo‘yicha yangi xalqaro universitet Toshkent shahrida (chet el universitetining filiali) tashkil etilishining asosiy tashkiliy masalalari nazarda tutilgan o‘zaro anglashuv haqidagi memorandumi imzolandi.

Foto: Adliya vazirligi Axborot xizmati

Memorandum doirasida yuridik kadrlarni amaliyotga tatbiq etishni doimiy rivojlantirish dasturlari amalga oshiriladi.

Memorandumning maqsadlariga erishish uchun tomonlar loyihani amalga oshirish uchun amaliy harakatlar rejasini («Yo‘l xaritasi») ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Foto: Adliya vazirligi Axborot xizmati

Ma'lumot uchun, ULaw – Britaniyadagi yuristlar va advokatlar uchun huquqiy darajalarni, maxsus huquqiy tayyorgarlik va malaka oshirish kurslarini ta'minlovchi Birlashgan Qirollikdagi nodavlat notijorat xususiy universitet hisoblanadi.

Top