8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:10 / 28.06.2019 11743

Kopa Amerika. Paragvayni penaltilar seriyasida yenggan Braziliya yarim finalga chiqdi

Braziliyada davom etayotgan Kopa Amerika musobaqasida pley-off bosqichi start oldi.

Chorak finalning ilk o‘yinida mezbonlar Paragvay milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Braziliyaliklar 70 foizlik to‘p nazoratiga ega bo‘lishganiga va mehmonlar 58-daqiqadan keyin bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, o‘yinda hisob ochilmadi. Zarbalar bo‘yicha hisob – 26:5, aniq zarbalar – 8:1.

Penaltilar seriyasini Paragvay milliy jamoasi boshladi va dastlabki zarbadayoq xatoga yo‘l qo‘ydi – himoyachi Gustavo Gomesning zarbasini Alisson qaytarib qoldi. Mezbonlardan esa to‘rtinchi zarbaga kelib Roberto Firmino adashdi, u to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi. Firminodan keyin to‘pga yaqinlashgan Derlis Gonsales ham raqibining xatosini takrorladi. Gabriel Jyezusning aniq zarbasidan keyin Braziliya yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tite qo‘l ostidagi jamoa final yo‘lida Venesuela-Argentina juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan bugun tungi 00:00da boshlanadi.

Kopa Amerika
Chorak final
Braziliya – Paragvay 0:0, pen. - 4:3
Braziliya – Alisson, Filipe Luis (Aleks Sandro, 46), Markinos, Tiago Silva, Dani Alves (Lukas Paketa, 85), Allan (Villian, 71), Koutino, Artur, Firmino, Gabriel Jyezus, Everton.
Paragvay – Fernandes, Alonso, Balbuena, Piris, Gomes, Almiron, Ortis, Peres (Roxas, 74), Sanches (Eskobar, 78), Arsamendiya (Valdes, 61), Gonsales.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3.
Ogohlantirishlar: Arsamendiya (30), Piris (34), Alonso (37), Filipe Luis (44), Firmino (47), Artur (84).
Chetlatish: Balbuena (58)

 29 iyun, 00:00. Venesuela — Argentina
 29 iyun, 04:00. Kolumbiya — Chili
 30 iyun, 00:00. Urugvay — Peru

Top