8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:11 / 28.06.2019 30795

Qozog‘istonda issiq havoda bo‘g‘irsoq pishirildi (video)

Internetda Qozog‘istondagi uylarning birida yerda qozon turgani, undagi qizigan yog‘da esa bo‘g‘irsoq pishirilayotgani videosi tarqaldi.   

Videodagi ayolning ta'kidlashicha, shaharda havo harorati 60 daraja issiqqa yetmoqda.

“Qozonni yerga qo‘yasiz, unga yog‘ solib, bo‘g‘irsoqlar pishiraverasiz. Hech qanday olov va gazning keragi yo‘q. Hammasi oddiy – 60 daraja issiq. Qizilo‘rdaga bo‘g‘irsoqlar yegani keling”, deb aytgan kadr ortidagi ayol.

Ob-havo ma'lumotlarini berib boruvchi Gismeteo saytiga ko‘ra, shu kunlar Qizilo‘rdada haqiqatan ham kuchli issiq havo o‘rnatilgan. Biroq sayt ma'lumotlariga ko‘ra, ob-havo 60 daraja emas, 38-40 daraja atrofida bo‘lib turibdi. 

Top