8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:10 / 28.06.2019 34716

Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori lavozimiga Gulchehra Shovkatovna Rixsiyeva tayinlandi. 

Yangi rektorni jamoaga Senat raisi Tanzila Norboyeva va bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tanishtirdi.

Foto: Kamil Yenikeyev
Foto: Kamil Yenikeyev

Gulchehra Rixsiyeva bu lavozimda ko‘p yillardan buyon ishlab kelayotgan Abdurahim Mutalovich Mannonov o‘rnini egalladi.

Gulchehra Rixsiyeva 1971 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

U 2019 yilning 28 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida senator sifatida tanishtirilgandi. U shu vaqtgacha Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Top