9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

17:30 / 28.06.2019 4383

Xalqaro moliya institutlari qishloqlarda arzon uylar qurish dasturiga qancha mablag‘ ajratmoqda?

Osiyo va Islom taraqqiyot banklari va boshqa jamg‘armalar O‘zbekiston qishloq joylarida yangi namunadagi arzon uy-joylar qurilishi dasturini loyihalashtirish uchun yirik miqdorda mablag‘ ajratmoqda. «Qishloqqurilishinvest»ning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, bugungi kunda ushbu moliya institutlari bilan hamkorlik doirasida jami 880 mln dollar sarmoya jalb etilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘larning bir qismi esa allaqachon ajratilgan va ayni vaqtda qurilish ishlarini jadallashtirishga sarflanmoqda.

Islom taraqqiyot bankining «Qishloqqurilishinvest» kompaniyasi huzuridagi Uy-joy qurilishi loyihasi vakili Nurbek Rohataliyev, shuningdek ITBning O‘zbekistondagi arzon namunali uy-joylar loyihasiga kiritgan sarmoyasi xususida ma'lumotlarni taqdim etdi. 

«2012 yildan beri to‘rtta xalqaro moliyaviy institut ishtirokida loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Shu vaqtgacha 4ta loyiha yakunlangan va 4tasi amalga oshirilmoqda. Islom Taraqqiyot banki loyihasi haqida gapiradigan bo‘lsak, 2019 yil uchun 58 mln dollarlik loyihani moliyalashtirish rejalashtirilgan. Shu vaqtgacha ushbu mablag‘larning 40 mln dollari ajratilgan. Uning 35 mln dollari o‘zlashtirilgan», - dedi Nurbek Rohataliyev.

Umuman, «Qishloqqurilishinvest» kompaniyasi Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 2019 yilda Xalqaro Moliya institutlarining O‘zbekistonning qishloq joylarida yangi namunadagi arzon uy-joylar qurish loyihasidagi ishtiroki quyidagichadir. 

Unga ko‘ra, Islom taraqqiyot banki 58,2 mln dollar, Osiyo taraqqiyot banki 100 mln dollar, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi 32,5 mln dollar hamda Quvayt-Arab taraqqiyot jamg‘armasi 13 mln dollar mablag‘ kiritishi kutilmoqda. Ushbu xalqaro moliya institutlari tomonidan jami 242 mln dollar miqdorida sarmoya ajratilishi rejalashtirilgan. 

Axborot xizmati, Kun.uz muxbiri savoliga javob tariqasida mazkur xalqaro moliya institutlar bilan hamkorlik boshlangan vaqtdan buyon ajratilgan mablag‘larga ham oydinlik kiritdi. 

Unga muvofiq, OTB 2012-2015 yillarda 500 mln dollar, ITB 2015-2017 yillarda 100 mln dollar, STJ 2016-2017 yillarda 60 mln dollar mablag‘ ajratgan. 

Bundan tashqari, mazkur moliya institutlari bilan hamkorlik davom etmoqda. Xususan, OTB 2017-2021 yillarda 500 mln dollar, ITB 2017-2020 yillarda 300 mln dollar, STJ 2018-2019 yillarda 50 mln dollar va QATJ 2018-2019 yillardagi loyihalar uchun 30 mln dollar miqdorida mablah ajratishi belgilangan. 

Top