8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:54 / 29.06.2019 4244

AQSh Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar kiritmaslikka rozi bo‘ldi

Foto: AP Photo / Susan Walsh

Amerika XXR raisi Si Tszinpin va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi yakunlariga ko‘ra Xitoy mahsulotlariga yangi bojlar kiritmaslikka tayyorligini bildirdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.

Ikki davlat rahbarining 80 daqiqa davom etgan uchrashuvi Osakadagi G20 sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Xitoy va AQSh bir necha oy davomida savdo bahslarini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar olib borgandi. Bu muzokaralarning oxirgi 10-raundi 9-10 may kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan, biroq shundan keyin ular boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. AQSh 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotlariga boj to‘lovini 10%dan 25%gacha oshirdi.

XXR bojxona boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi tovar almashish hajmi 2019 yilning besh oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,58 foizga qisqardi.

Top