20:19 / 29.06.2019
11686

Braziliya prezidenti Si Tszinpin bilan uchrashuvni bekor qildi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvni Xitoy delegatsiyasi 20 daqiqa kechikkani sababli bekor qildi. Bu haqda “Blumberg” axborot agentligi xabar berdi. 

Osakada o‘tgan “Katta yigirmatalik” doirasidagi uchrashuv mahalliy vaqt bilan 14:30 boshlanishi kerak bo‘lgan, biroq 25 daqiqa o‘tgach Bolsonaru matbuot kotibi uchrashuv bo‘lmasligini ma'lum qilgan.  

“Prezident ikki tomonlama uchrashuvni bekor qilishga qaror qildi. Uchrashuv boshlanishida ancha ushlanish bo‘lgan, biz ularni muzokaralar xonasida kutib o‘tirgandik”, deb aytgan Bolsonaru matbuot kotibi Otavio Rego Barros.

Uning tushuntirishicha, Braziliya delegatsiyasiga prezident samolyoti jo‘nashidan oldin o‘z yukini olishga ulgurish uchun uchrashuv joyini tark etishi talab etilgan.

Avvalroq OAVda Braziliya prezidenti uchrashuv davomida Braziliya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Xitoyga yetkazilishi masalasini ko‘tarmoqchiligi ma'lum qilingandi.  

Mavzuga oid
Top