8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:10 / 29.06.2019 39998

Ichki ishlar vazirining yana bir o‘rinbosari o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining yana bir o‘rinbosari o‘zgardi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining Turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat Mavlonov lavozimdan ozod etilib, uning o‘rniga polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov tayinlangan.

Doniyor Qodirov 2019 yilning martidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasiga rahbarlik qilayotgandi. U 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Bundan avvalroq Ichki ishlar vazirining ikki o‘rinbosari almashgandi. IIV vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov o‘rniga Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, IIV Tergov departamenti boshlig‘i - vazir o‘rinbosari Akromxon Boboxonov o‘rniga Doniyor Toshxo‘jayev tayinlangandi.

Top