8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:21 / 29.06.2019 13958

Jizzaxda shifokorni pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi

29 iyun kuni soat 10-30 larda fuqaro J.K. Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limiga kelib, bo‘lim mudiri T.H.ning ko‘kragi va qorin qismiga bir necha marta pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Bunga T.H. uning 2005 yilda tug‘ilgan ukasi Q.J.ni 26 iyun kuni “exinokokkoz” tashxisi bilan operatsiya qilishi natijasida ukasi vafot etganligi va Q.J. uni qasddan o‘ldirishni maqsad qilganligi sabab bo‘lgan.  

Bo‘lim shifokori B.G‘. ularni ajratib qolishi natijasida J.Q. jinoiy maqsadini oxiriga yetkaza olmasdan voqea joyidan qochib ketgan.

T.H.ga shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishi natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Tezkor qidiruv chora-tadbirlar natijasida J.Q. Zafarobod tumani, “Uzun” qishlog‘ida ushlanib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Top