08:49 / 29.06.2019
7267

Kongoda shaxta o‘pirilishi oqibatida 43 kishi halok bo‘ldi

Foto: Pixabay

Kongo Demokratik Respublikasi janubidagi Lualaba viloyatida shaxta o‘pirilishi oqibatida 43 nafar noqonuniy konchi halok bo‘ldi. Bu haqda Actualite portali xabar berdi. 

Viloyat gubernatori Rishar Muyyej Manges Mansaning ta'kidlashicha, shaxtada ishlar taqiqlanganiga qaramay noqonuniy konchilar tomonidan ish olib borilgan. 

Gubernator navbatdagi marta shaxtada noqonuniy ish olib borishni to‘xtatishga chaqirgan. 

O‘pirilgan shaxta Kamoto Copper Company (KCC) kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Kompaniya Lualabada mis va kobalt qazib olish bilan shug‘ullanadi. 2018 yil noyabrda kompaniya Kongodagi loyihasi doirasida uran aniqlangandan keyin kobalt eksportini va sotishni vaqtinchalik to‘xtatgan.

Mavzuga oid
Top