13:46 / 29.06.2019
17195

Putin ukrain dengizchilarini vataniga qaytarish masalasi xotirjamlik bilan hal qilinishini aytdi

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrain dengizchilarini vataniga qaytarish masalasi xotirjamlik bilan hal qilinishini aytdi.

"Biz bu masalani ish rejimida xotirjamlik bilan hal qilamiz. Bizning ayrim kishilarga savollarimiz bor. Ular (dengizchilar) shunchaki buyruqni bajarishgan, buni tushunamiz, ammo ular Rossiya qonunini buzishgan. Shuning uchun buni ish rejimida xotirjamlik bilan hal qilish lozim", - dedi Putin G20 sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil noyabrda Ukraina HDKning uchta kemasi Rossiya chegarasini buzib kirgan va xavfli manyovrlarni sodir etgan.

Chegarachilar kemalarni hibsga olgan. Kemalarda 24 nafar harbiy, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi bo‘lgan.

Avvalroq BMT qoshidagi dengizchilar huquqini himoya qiluvchi xalqaro tribunal Rossiyadan ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborishni talab qilgandi.

Top