8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

20:54 / 29.06.2019 6595

Superliga. «Lokomotiv» Babayanning ilk o‘yinida g‘alaba qozondi

Superligada 13-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Lokomotiv» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Har ikkala gol bellashuvning so‘nggi daqiqalarida Sardor Mirzayev va Jamshid Iskanderov tomonidan urildi. Qayd qilish joizki, bu «Lokomotiv»ning yangi bosh murabbiy Samvel Babayan qo‘l ostidagi ilk o‘yini edi.  

Bu natijadan so‘ng, «Lokomotiv» 27 ochko bilan 2-o‘rinda, «So‘g‘diyona» esa 17 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 13-tur
29 iyun, Toshkent
LOKOMOTIV (Toshkent) – SO‘G‘DIYoNA (Jizzax) 2:0
Gollar: Sardor Mirzayev (88), Jamshid Iskanderov (90)
Bosh hakam: Viktor Serazetdinov
Qanotlarda: Abduxamidullo Rasulov, Jahongir Saidov
LOKOMOTIV: Javohir Ilyosov, Anzur Ismailov, Aziz Haydarov (Igor Yyelich 67), Jamshid Iskanderov, Temurxo‘ja Abduholiqov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich (Diyor Turopov 76), Davron Hoshimov, Oleg Zoteyev, Arslonmurot Amanov, Vladislav Fomin (Sardor Mirzayev 46)
SO‘G‘DIYoNA: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov, Shoxruz Norxonov, Jamshid Boltaboyev, Doston Toshmatov (Izzatulla Abdullayev 33), Sherzod Shakirov, Nikola Milinkovich, Shaxboz Jo‘rabekov   
Ogohlantirishlar: Iskandar Shayqulov (31), Shoxruz Norxonov (90+1)

Top