8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:48 / 29.06.2019 16371

Tramp: S-400 sotib olinishi bilan bog‘liq vaziyatda Erdo‘g‘an aybdor emas

Foto: REUTERS / Kevin Lamarque

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualari sotib olinishi bilan bog‘liq vaziyatda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an aybdor emasligini aytdi.

"U hech narsa qila olmasdi, chunki bu tizimlarni allaqachon sotib olgan", - dedi Tramp.

Trampning ta'kidlashicha, avvalgi prezident Barak Obama davrida Turkiya Patriot raketalarini sotib olmoqchi bo‘lganini, ammo unga rad javobi berilganini ta'kidladi. AQSh prezidenti Erdo‘g‘anga nisbatan "juda adolatsiz munosabatda" bo‘linayotganini aytdi.

27 iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an F-35 samolyotlarini yetkazib bermaslik haqidagi tahdidlar noo‘rin ekanligi, chunki mamlakat 1,25 milliard dollar to‘lab bo‘lganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agarda shartnomaga rioya qilinmasa, bu pullar qaytarilishini talab qiladi.

2017 yil sentyabrda Rossiya Turkiyaga to‘rtta S-400 divizionini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Shartnoma qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etadi, uning yarmini Rossiya krediti qoplaydi.

Top