11:47 / 29.06.2019
13616

 Tramp Turkiyaning S-400 sotib olishi yuzasidan Erdo‘g‘anga xavotirini bildirdi

Foto: Kevin Lamarque/Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga S-400 zenit raketa majmualari sotib olinishi yuzasidan xavotir bildirdi va NATOni mustahkamlashga chaqirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

"Prezident Turkiya tomonidan Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualari sotib olinishi yuzasidan xavotirini bildirdi va Turkiyani NATO alyansini mustahkamlash uchun AQSh bilan mudofaa bo‘yicha hamkorlikka chaqirdi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq AQSh agar Turkiya S-400 majmualarini sotib oladigan bo‘lsa, F-35 qiruvchi samolyotlarini ololmasligini bildirgandi. 

Turkiya esa AQShning tahdidlariga qaramasdan S-400 sotib olishini bir necha bor ta'kidladi. Dastlabki zenit raketa majmualari Anqaraga iyul oyida yetkazib beriladi.

Top