8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

08:20 / 30.06.2019 11301

Amerika Kubogi. Urugvay turnirni tark etdi

Salvadordagi «Arena Fonte-Nova» stadionida 2019 yilgi Amerika Kubogi chorak finali doirasida Urugvay va Peru uchrashuvi o‘tkazildi. 

O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi - urugvaylik futbolchilar uch marta raqib darvozasiga to‘p kiritishdi, ammo uch gol ham ofsayd tufayli bekor qilindi. Ikki holatda o‘yin bosh hakami Vilton Sampayo VAR xizmatidan foydalandi.

O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Urugvay safida hujumchilar Edinson Kavani va Kristian Stuani aniq yarimhimoyachilar Rodrigo Bentankur va Lukas Torreyra aniq harakat qilishdi. Ammo Luis Suares zarba yo‘llashda xato qildi. Peru safida 11-metrlik nuqtadan Xose Paolo Gerrero, Raul Ruidias, Yosimar Yotun, Edison Flores va Luis Advinkula aniq zarba berishdi va peruliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Peru Amerika Kubogi yarim finalida Chili bilan o‘ynaydi. 1/2 finalning ikkinchi juftligida Argentina va Braziliya o‘zaro kuch sinashadi. Yarim final o‘yinlari 3-4 iyul kunlari o‘tkaziladi. Final 7 iyul kuniga belgilangan.

Amerika Kubogi-2019
Pley-off
1/4 final

Urugvay – Peru 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 4:5
Urugvay – Muslera, Kaseres, Godin, Gonsales, Ximenes, Nandes (Torreyra, 57), de Arraskaeta, Bentankur, Valverde (Stuani, 90), Suares, Kavani.
Peru – Galese, Trauko, Advinkula, Sambrano, Abram, Yotun, Flores, Kueva (Ruidias, 85), Karrilo (Gonsales, 75), Tapiya, Gerrero.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 4:5.
Ogohlantirishlar: Godin (33), Sambrano (49), Kueva (63), Valverde (70).

Top