10:40 / 30.06.2019
11896

Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashish uchun ikki Koreya chegarasiga yetib keldi

Foto: REUTERS / Leah Millis

AQSh prezidenti Donald Tramp Koreya yarimorolidagi demilitarizatsiya chizig‘iga yetib keldi. U bu yerda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashadi.

Uchrashuvda shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ham ishtirok etishi kutilmoqda.

"Buni ancha avval rejalashtirgandim, ammo g‘oya kecha paydo bo‘ldi – shunchaki qo‘l siqishib, salomlashib qo‘ymoqchiman, chunki Vetnamdagi uchrashuvdan beri ko‘rishmadik", - dedi Tramp jurnalistlarga.

U KXDR yetakchisi bilan muzokaralarda "hech qayerga shoshmasligini" qo‘shib qo‘ydi.

"Agar shoshsak, muammolar bo‘ladi", - dedi u.

Mavzuga oid
Top