8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

14:30 / 30.06.2019 33089

Kun fotosi: Uylari buzilishga tushgan rishtonliklar ogohlantirish yozuvi ilishga majbur bo‘lmoqda

Farg‘ona viloyati Rishton tumani markazidagi Farg‘ona ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi yashab turgan uylari buzilishga tushgani, ammo hokimlik ularga kerakli kompensatsiya to‘lamayotganidan shikoyat qilmoqda.

Kun.uz muxbiri mahallaga borib vaziyatni o‘rgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, tuman hokimligi ularni aldab uylarini buzishni boshlagan va yerga qo‘shib kompensatsiya sifatida atigi 10 million so‘mdan mablag‘ bergan.

Ayni vaqtda tuman markazidagi qayta qurishlar boshlanishi munosabati bilan odamlarning yashash joylari buzilmoqda - 180ga yaqin turarjoy va noturar joylar buzilishi kutilmoqda.

Sayt muxbiri xabar qilishicha, bundan bir oy muqaddam bu masala o‘rganilganida tuman hokimi o‘rinbosari uyi buzilishga tushgan har bir xonadon egasiga buzilish ishlari boshlanishidan oldin kompensatsiya pullari va yerlar berilishi va'da qilingandi.

Lekin hokimlik odamlar yangi joyga ko‘chib o‘tishini ta'minlamasdan, buzish ishlarini boshlab yuborgan. Odamlarga 10 million so‘mdan pul berilgan - odamlar bu pul poydevorning bir qismiga ham yetmasligidan shikoyat qilishmoqda.

Uy egalari hokimiyat vakillari kechasi kelib uyni buzib tashlamasliklari — o‘z xavfsizligi uchun devorga «Bu yerda odam yashaydi» yozuvini osib qo‘yishga majbur bo‘lishmoqda. 

Kun.uz yaqin vaqtlar ichida ushbu holat bo‘yicha batafsil material e'lon qiladi.

Top