8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:34 / 30.06.2019 3513

Oq uydagilar AQSh hali Huawei’ga nisbatan to‘liq amnistiya e'lon qilmaganini bildirishdi

Foto: REUTERS / Brendan McDermid

AQSh prezidenti Donald Trampning Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida Xitoy raisi Si Tszinpin muzokaralari yakunlariga ko‘ra Huawei’dan sanksiyalar vaqtinchalik olib tashlanishi Xitoy kompaniyasining Amerika firmalariga barcha jo‘natmalariga taalluqli emas va to‘la-to‘kis amnistiyani anglatmas ekan. Bu haqda Oq uyning Milliy iqtisodiy kengashi rahbari Lourens Kudlou yakshanba kuni Fox News telekanali efirida gapirib o‘tgan.

Undan Florida shtatilik senator va boshqa bir qator respublikachilarning Tramp ma'muriyati tomonidan Huawei’ga nisbatan bekor qilinayotgan sanksiyalarni to‘liq tiklash borasidagi bayonotlarini izohlashni so‘rashgan. «Men ularning AQSh milliy xavfsizligi yuzasidan qayg‘urishayotganini tushunaman va qadrlayman, prezident ham ularning nuqtai nazarlariga qarshi emas. Lekin bu Huawei’ga nisbatan to‘liq amnistiyani anglatmaydi», — degan Kudlou.

«AQSh savdo vazirligi umumiy foydalanishdagi tovarlar uchun vaqtinchalik qo‘shimcha lizenziya beradi. Masalan, ayrim mikroprotsessor ishlab chiqaruvchilar boshqa mamlakatlarda cheklovlarsiz xarid qilish mumkin bo‘lgan toifadagi mahsulotlarni sotishadi. Biz bu holatlar AQSh milliy xavfsizligiga raxna soladi, deb o‘ylamaymiz», — deya ishontirgan Oq uyning Milliy iqtisodiy kengashi rahbari.

Avvalroq agar AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat milliy xavfsizligi uchun katta muammo bo‘lmaydigan bo‘lsa, Amerika kompaniyalariga Xitoyning Huawei kompaniyasi qurilmalarini sotishiga ruxsat beriladi, degani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Top