8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

23:58 / 30.06.2019 36538

Tramp va Kim Chen In uchrashuvida AQSh va Shimoliy Koreya jurnalistlari janjallashib ketdi – OAV

Foto: REUTERS / Kevin Lamarque

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida amerikalik va shimoliy koreyalik jurnalistlar o‘rtasida janjal chiqdi. Bu haqda CNN telekanali muxbiri, Oq uy jurnalistlari orasiga kiruvchi Jim Akostaga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” xabar berdi.    

Muxbirning ta'kidlashicha, voqea oqibatida Oq uyning yangi matbuot kotibi jabr ko‘rgan. 

“Menga yangi matbuot kotibi Stefani Grishem Tramp va Kimning uchrashuvini yoritish uchun yaxshiroq joy egallash vaqtidagi mojaroga tushib qolgani aytildi. Manbaning ma'lum qilishicha, Grishem “janjal oqibatida” lat yeyish jarohati olgan”, deb yozgan Akosta tvitterda.  

30 iyunda Tramp va Kim Chen In Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qurolsizlashtirilgan hududda uchrashishdi. Ular Koreya yarimorolini shimol va janubga ajratuvchi harbiy-demarkatsiya chizig‘ida bir-birlari bilan so‘rashib, so‘ngra Pxanmunjom punktida muzokaralar o‘tkazishgan. Tramp bilan u yerga Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ham tashrif buyurgan.

Top