8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:31 / 01.07.2019 29805

1 iyuldan videoregistratorlar dalil yig‘uvchiga aylandi

Foto: Depositphotos / strixcode

2019 yil 1 iyuldan videoregistratorlar dalil yig‘uvchiga aylanadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar qilmoqda.

Avtotransportdagi videoregistratorlarda qayd etilgan huquqbuzarlik endilikda dalil sifatida qabul qilinadi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

1 iyuldan har qanday jamoat transporti va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun avtotransport vositalariga videoregistratorlar o‘rnatish majburiydir.

Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi (hozirgi kunda 10 136 so‘m) miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Top