18:46 / 01.07.2019
6128
Afg‘oniston tinchlik muzokaralari mezbonligiga O‘zbekiston, Germaniya va Indoneziya da'vogar
Foto: TRT International

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri matbuot xizmati rahbari Sibhatulla Ahmadiy O‘zbekiston, Germaniya va Indoneziya davlatlari Afg‘oniston tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilish taklifini berganini bayon qildi. Bu haqda TRT International xabar tarqatdi.

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniyning Germaniyaga tashrifi arafasida matbuot savollariga javob bergan Sibhatulla Ahmadiy, “Muzokaralar yaqinda amaliy natijalarga erishish mumkin bo‘lgan bosqichga keldi”, deb ta'kidladi.

Bundan oldin, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 31 mart kuni Kobulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashgandi.

«Agar toliblar Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashib olishga tayyor bo‘lsa, O‘zbekiston muzokaralarni qabul qilishi mumkin», - degandi Komilov.

Top