8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

22:58 / 01.07.2019 38201

Eron Isroilni yarim soat ichida yo‘q qilib yuborishini bildirdi

Agarda AQSh Eronga hujum qilgudek bo‘lsa, Isroil yarim soat ichida yo‘q qilib tashlanadi. Eron parlamenti milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Mo‘jaba Zonnur ana shunday bayonot bilan chiqdi, deb xabar berdi Reuters.

«Agarda AQSh bizga hujum qilgudek bo‘lsa, Isroil atigi yarim soat yashaydi», — dedi u.  

Avvalroq Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh bilan Eron o‘rtasida urush boshlanadigan bo‘lsa, bu urush juda tez yakunlanishini bildirgandi. 

25 iyun kuni Tramp Vashington Eronning har qanday hujumiga kuchli javob qaytarishini aytgandi. Bungacha esa Eron prezidenti Amerika prezidentini aqli zaiflikda ayblagandi.

Top