15:38 / 01.07.2019
6496

Kobuldagi portlash natijasida 30dan ortiq kishi halok bo‘ldi – OAV

Foto: AP Photo/Rahmat Gul

Kobulda yuz bergan portlash oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi va 68 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi "Sinxua" agentligi.

Avvalroq Al Jazeera telekanali o‘nlab insonlar halok bo‘lgani haqida xabar qilgandi. Pajhwok agentligining bildirishicha, jarohatlanganlar orasida mahalliy televideniyening olti nafar jurnalisti ham bor.

Terakt mamlakat poytaxtidagi diplomatik kvartalda sodir etilgan. Mina joylangan yuk mashinasi 16-politsiya okrugida, milliy mudofaa vazirligi binolaridan biri joylashgan hududda portlatilgan.  

Ushbu hujum uchun javobgarlikni "Tolibon" harakati o‘z zimmasiga olgan.

Top