8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:10 / 01.07.2019 4221

O‘zbekiston harbiylari Qozog‘istonda o‘tkazilgan «Cho‘l burguti» xalqaro harbiy mashg‘ulotlarida qatnashdi

Foto: Qozog‘iston mudofaa vazirligi

Qozog‘istonda “Cho‘l burguti” xalqaro harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazildi, deb xabar berdi Qozog‘iston mudofaa vazirligi.

Xabarda aytilishicha, unda Buyuk Britaniya. Hindiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston va AQSh harbiylari tinchlikparvar operatsiyalar o‘tkazish amaliyotlarini bajardi.

Xususan, blokpostlarda xizmat o‘tash, gumanitar yuklarni kuzatib borish, mahalliy aholi bilan muzokara olib borish, yo‘llarni minalardan tozalash, suvni tozalash va yetkazib berish kabi vazifalar bajarildi.

“Cho‘l burguti” mashg‘ulotlari 2003 yildan buyon o‘tkazib kelinadi.

Top