8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:11 / 01.07.2019 4610

Toshkentda fuqaroni 27 ming dollarga aldab ketgan shaxslar ushlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 29 iyun kuni IIB TBdan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yil 17 noyabr kuni Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasida yashovchi, 25 yoshli B.K. va Toshkent viloyati Zangiota tumani O‘zgarish QFYda yashovchi, 26 yoshli O.X.lar Mirobod tumani hududida tanishi, Sarbon ko‘chasida yashovchi, 39 yoshli A.A.ni aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, birga tadbirkorlik qilishni aytgan.

Bu shaxslar undan 11.600 AQSh dollari, 2018 yil noyabr oyi oxirida yana 16.400 AQSh dollarini olib, bergan va'dalarini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan. B.K. va O.X.lar ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top