22:47 / 01.07.2019
4955

Tunisda belaruslik ikki fuqaro josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi

Tunis sharqidagi Sfaks shahrida belaruslik ikki fuqaro josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Tunisning Mosaique FM radiostansiyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, gumonlanuvchilar ikki haftadan ortiq vaqt davomida shahardagi mehmonxonalardan birida turishgan va o‘z xonalariga mehmonxona xizmatchilarini kiritishmagan. Tintuv vaqtida ular turgan xonadan kompyuterlar, mobil telefonlar, elektron chiplar va boshqa texnik qurilmalar hamda Ukraina, Polsha va Maldiv pasportlari topilgan.

Olingan barcha buyumlar Tunis ichki ishlar vazirligiga jo‘natildi, deb xabar beradi radiostansiya.

Top