8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

22:25 / 01.07.2019 3749

Yangi Zelandiya plastik paketlardan voz kechdi

Mamlakat hukumati 65 ming kishi tegishli petitsiyani imzolaganidan so‘ng bir martalik plastik paketlar sotuviga 1 iyuldan boshlab taqiq joriy etdi, deya xabar bergan Television New Zealand telekanali.

«Kuchga kirgan cheklovlar sharofati bilan Yangi zelandiya daryolariga tashlanadigan plastik miqdori kamayadi. Faunamizga yetkazilayotgan zarar ham kamaya boshlaydi», — Yangi Zelandiya atrof-muhit ishlari bo‘yicha vaziri yordamchisi Yujyeni Seyj.

Yangi qoidalarga ko‘ra, qalinligi 70 mikrondan kam bo‘lgan plastik paketlar taqiqqa uchragan.

Vellington 65 ming kishi polietilin paketlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi petitsiya ostiga imzo chekkanidan so‘ng bu chorani qonuniylashtirgan.

Polietilen chiqindilar nafaqat eng keng tarqalgan, shuningdek chirishga bardoshli chiqindi turlaridan hisoblanadi: tuproqda ularning chirish davri 100 yildan 500 yilgacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Bu chiqindilar ayniqsa dengiz faunasiga o‘ta salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Yovvoyi tabiat butunjahon jamg‘armasining ma'lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo okeanlariga 12 million tonnagacha plastik chiqindi tashlanadi.

Top