21:45 / 02.07.2019
6945

AQSh vitse-prezidenti Nyu-Gempshirga tashrifini bekor qildi va zudlik bilan Vashingtonga qaytdi

Nyu-Gempshir shtatidagi tadbirda chiqish qilishi kerak bo‘lgan AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens zudlik bilan Vashingtonga qaytmoqda. Fox News telekanalining xabar berishicha, rejalashtirilgan tadbir bekor qilingan.

Pensning avvalroq e'lon qilingan ish jadvaliga ko‘ra, u Vashingtondan ertalab uchib ketgan va va 11:25da (Toshkent vaqti bilan 20:25) Nyu-Gempshir aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan. 

Telekanalning xabariga ko‘ra, tadbir o‘tkazilishi kerak bo‘lgan joyda bo‘lgan Pensning vakili yig‘ilganlarga "vitse-prezident Vashingtonga chaqirib olinishi shart bo‘lgan holat" yuz berganini aytgan.

Uning aytishicha, Pensning chiqishi kechroq muddatga qoldirilgan.

Mavzuga oid
Top