8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:32 / 02.07.2019 4204

Kapitanlar endi kerak emas: Boshqaruvchisiz transport dengizda ham paydo bo‘ldi

Haydovchining bevosita ishtirokisiz harakatlanadigan avtomobil va tramvaylar hech kimni hayratga solmay qo‘ydi. Chunki haydovchisiz transportning xilma-xil turlari har yili tobora ko‘paymoqda. Biroq norvegiyaliklar quruqlikni zabt etish bilan cheklanmaslik kerakligiga qaror qilishdi. Shu yilning o‘zidayoq dengiz transportining yangi turini ishga tushirishmoqda. U avtomatik rejimda, kapitan va jamoa a'zolarining ishtirokisiz ishlay oladi.

Yara Birkeland nomli yuk kemasi mineral o‘g‘itlarni Porsgrunn shaharchasidan Larvik portiga yetkazishni dengiz orqali amalga oshiradi. Marshrut Boltiq va shimol dengizini Norvegiya qirg‘og‘ida bog‘laydigan Skagerrak bo‘g‘ozi suvlaridan o‘tadi.

Albatta, yangi kemaning ilk reyslarini avtomatik rejimda emas, kapitan va ekipaj a'zolari kuzatuvi ostida amalga oshiradi. Sinov davri tugagach, kamera, datchik va barcha navigatsion qurilmalar bilan jihozlangan konteynerovoz suzishni mustaqil bajaradi. Kema belgilangan marshrut bo‘ylab harakatlanishi va zarur bo‘lganida yuzma-yuz kelayotgan kemalar bilan to‘qnashuvni bartaraf eta oladi. Boshqaruv punkti esa qirg‘oqda joylashadi.

Haydovchisiz kemaning bahosi – 25 million dollar, aynan shunday klassdagi an'anaviy yuk kemalarining narxiga qaraganda uch marta qimmat. Biroq yangi transport turining egalari yoqilg‘i, shuningdek, ekipaj a'zolarining maoshi kabi xarajatlardan ancha tejashga umid bildirishmoqda. Bu esa qimmatbaho kema xarajatlarini qoplash imkonini beradi.

Qayd etish joizki, boshqa mamlakatlarda ham haydovchisiz masofadan turib boshqariladigan dengiz transporti borasida faol tadqiqotlar olib borilmoqda. Bir necha kompaniyalar ana shunday kemalarning sinov variantlarini tayyorlashgan va haqiqiy dengiz sharoitlarida sinab ko‘rishgan. Mazkur sohaning keyingi rivoji ana shunday dengiz transporti ekspluatatsiyasini muvofiqlashtiruvchi normativ-huquqiy bazaning mavjud emasligi tufayli to‘xtatmoqda. Biroq dengiz qonunchiligi barcha joriy masalalarni nazorat qilishi bilanoq avtonom rejimda ishlaydigan yangi kemalar paydo bo‘lishini kutish mumkin.

Top