8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:59 / 02.07.2019 11650

Samarqand shahrida yana bir obekt qurish taklifi berildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Samarqand shahrida zamonaviy san'at saroyini qurish haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Samarqand o‘ziga xos tarixi, an'analari va boshqa jihatlari bilan dunyoga dong taratgan. Shu sababli, yildan yilga viloyatga tashrif buyuruvchilarning soni ortib bormoqda”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Bildirilishicha, Samarqand shahar markazida o‘tkaziladigan tomosha va konsert dasturlari asosan Registon maydonida o‘tkaziladi. Shaharda zamonaviy talablarga javob beradigan, minglab tomoshabinlarni o‘z bag‘riga sig‘diradigan san'at saroyi deyarli mavjud emas.

“Shu sababli, Samarqand shahrida zamonaviy san'at saroyini qurishni taklif qilamiz. Ulkan san'at saroyida o‘tkaziluvchi turli konsert va shoular, bayram dasturlari viloyat aholisi va xorijlik mehmonlarimizni yanada mazmunli dam olishiga xizmat qilardi”, - deyiladi petitsiyada.

Bundan oldin, Samarqandning tarixiy hududida ko‘p qavatli binolar qurilishi rejalashtirilayotgani, “Yuksalish” harakati munosabat bildirgani xabar qilingandi.

Top