8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

22:57 / 02.07.2019 5111

Shahrisabz umumjahon merosining xavf ostidagi obektlar ro‘yxatida qoldi

Bugun, 2 iyul kuni, YuNeSKO huzuridagi Umumjahon merosi qo‘mitasi Boku shahridagi 40-sessiyasida Shahrisabz tarixiy markazi borasida qaror qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi.

«Hujjatda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan qabul qilingan umumjahon merosi obektlarini himoya qilish bo‘yicha chora –tadbirlar, jumladan tarixiy shaharlardagi barcha qurilish ishlarini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi hukumat qarori olqishlanadi. Unda shaharni rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar mavjud va Shahrisabz umumjahon merosining xavf ostidagi obektlar ro‘yxatida qolishi aytilgan», - deb ma'lum qildi Abduhakimov.

Shu bilan birga O‘zbekiston tomoni ikki yil ichida shaharni regeneratsiya qilish rejasi loyihasini ishlab chiqish majburiyatini olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil iyun oyi oxirlarida YuNeSKO umumjahon madaniy meroslar komissiyasi Shahrisabz tarixiy markazini ro‘yxatdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqqandi. Ushbu masala ijobiy hal bo‘lgandi.

Top