17:55 / 02.07.2019
6317

Shri-Lanka politsiyasi boshlig‘i teraktlarning oldini olmaganligi uchun hibsga olindi

Foto: AFP/Ishara S Kodikara

Shri-Lanka politsiyasi bosh inspektori Pujitx Jayasundar va mudofaa vazirligining sobiq kotibi shu yilning aprelida teraktlar sodir etilishiga olib kelgan xatolari uchun hibsga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Dappul de Liverga tayanib Channel News Asia xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya va mudofaa vazirligi vakillarining loqaydliklari "xalqaro huquqda insoniyatga qarshi jinoyat deb ataluvchi darajaga" yetgan.

Bosh prokuror shuningdek yana to‘qqiz nafar yuqori lavozimdagi politsiya xodimlari o‘z vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan yondashganlikda gumon qilinayotganini aytgan.

Shri-Lankada 21 aprel kuni bir nechta xristianlik ibodatxonalari va mehmonxonada portlashlar yuz bergan, oqibatda 258 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzu
Shri-Lankadagi fojia
21 aprel kuni Shri-Lankada davomli teraktlar ro‘y berdi va kamida 320 kishi halok bo‘ldi
Barchasi
Mavzuga oid
Top