8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:47 / 02.07.2019 7826

Suvosti apparatidagi yong‘in natijasida rossiyalik 14 dengizchi halok bo‘ldi

Rossiya Harbiy Dengiz Flotining (HDF) 14 nafar suvosti dengizchilari suvosti ilmiy-tadqiqot apparatida yuz bergan yong‘in natijasida halok bo‘lishdi, deb xabar beradi Rossiya Mudofaa Vazirligi.

«1 iyul kuni Rossiyaga tegishli suv hududlarida HDF manfaatlari uchun Dunyo okeani tubini o‘rganuvchi suvosti ilmiy-tadqiqot apparatida yong‘in yuz berdi. Natijada 14 nafar dengizchi yonuvchi materiallar tutunidan zaharlanib, halok bo‘ldi. Hozirgi vaqtda yong‘in barataraf qilindi. Voqea sabablari o‘rganilmoqda. Surishtiruvni shaxsan HDF bosh qo‘mondoni o‘tkazmoqda», - deyiladi bayonotda.

HDF ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda suvosti ilmiy-tadqiqot apparati Severomorsk shahridagi harbiy-dengiz bazasida saqlanmoqda.

Top