08:02 / 02.07.2019
18133

Turkiya kompaniyasi «Baxt» ko‘lida turistik majmua qurishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 1 iyul kuni poytaxtdagi Bektemir tumani hokimligida Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti taklifiga binoan Hasan Ilbay boshchiligidagi turkiyalik investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Bektemir tumani hokimi, departament vakillari hamda investorlar ishtirok etishdi. Uchrashuv doirasida xorijlik sarmoyadorlar bilan tumandagi «Baxt ko‘li» investitsiya loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati 

Turkiyaning Ilbay Inşaat Enerji San. Tic kompaniyasi vakillari ushbu loyiha bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi. Investor «Baxt ko‘li» loyihasi uchun ajratilgan 60 gektar hududda zamonaviy ko‘p tarmoqli turistik ko‘ngilochar maskan barpo etish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. 

Shuningdek, uchrashuvda loyiha yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi va kelgusida muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.

Top