08:20 / 03.07.2019
5905

Chilonzor tumanida boshqaruv kompaniyalari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari o‘rnini egallaydi

Foto: KUN.UZ

Chilonzorda boshqaruv kompaniyalari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUJMSh) o‘rnini egallaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosida soha korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy-joy binolarini boshqaruv kompaniyalariga biriktirish bo‘yicha tanlov e'lon qilindi.

Bildirilishicha, tanlov ko‘p qavatli turar joylarni saqlash, ulardan foydalanish va ta'mirlash yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan boshqaruv kompaniyalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda ko‘p qavatli uy-joy fondini munosib saqlash va ularga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun boshqaruv kompaniyalari turar-joylar mulkdorlarining ishonchli shaxslari bilan birgalikda tanlab olinadi.

Chilonzorda ishlashni xohlovchi boshqaruv servis kompaniyalari tumandagi 4 ta sektordagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Top