8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:55 / 03.07.2019 65657

«Haj» va «Umra» bo‘yicha hukumat qaroriga o‘zgartirish kiritildi 

Foto: AP

“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarida, murakkab va ziddiyatli holatlarda markaziy poliklinikalardan birida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Ilgari tibbiy ko‘rikning barcha bosqichlari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek Toshkent shahrida markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul o‘tkazilgan.

Top