18:30 / 03.07.2019
14320
Reklama

Koreya elchisi Kan Chje Kvon Artel zavodiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 3-iyul kuni Janubiy Koreya elchisi Kan Chje Kvon Artel kompaniyasining sovutgichlar ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonning tashrif buyurishdan maqsadi Artel zavodlaridagi Artel va Samsung sovutgichlarining ishlab chiqarish jarayoni, servis markazi hamda logistika bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqish bo‘ldi.

Artel korxonasi Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bilan ko‘p yildan beri samarali hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zining yuqori sifati bilan barcha dunyo standartlariga to‘liq javob beruvchi Artel kompaniyasi bugungi kunda nafaqat Samsung sovutgichlari, balki televizorlari, changyutgichlari, kir yuvish mashinalari hamda mikroto‘lqinli pechlari kabi mahsulotlarning keng assortimentini ishlab chiqarmoqda. Aytish lozimki, Samsung korxonasi mahsulotlarining Artel zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni chuqur lokalizatsiyalangan va matematik aniqlik bilan amalga oshiriladi.

Janubiy Koreya elchisi Kan Chje Kvon Artel zavodini katta qiziqish bilan o‘rganib chiqdi, mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayonining mukammalligi esa martabali mehmonni chuqur hayratlantirdi. Alohida ta'kidlash joizki, Artel kompaniyasi qoshidagi logistika bo‘limining faoliyati oliy martabali mehmon tomonidan yuqori baholandi va maqtovlarga sazovor bo‘ldi.

Janubiy Koreya elchisi Kan Chje Kvon kabi mehmonlarninig O‘zbekistonda maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga bo‘lgan qiziqishi Respublikamizda yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarish sohasi jadal rivojlanib borayotgani haqida yaqqol darak beradi. Artel kompaniyasi esa yaqin kelajakda ushbu sifat darajasini yanada yuqori pog‘onaga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Top