8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

19:25 / 03.07.2019 3110

Navoiyda elektr energiyasi sohasida muammolar bartaraf etilmoqda

Joriy yilda «Navoiy hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan viloyatda iste'molchilarning elektr energiyasi ta'minotini  yaxshilash maqsadida bir qator chora-tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, 2019 yilda iste'molchilarga 7501,2 mln kVt soat, 2018 yilga nisbatan 38,0 mln kVt soat ko‘proq elektr energiyasi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

«Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» dasturi doirasida joriy yil yakuniga qadar 466,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 70 dona transformator punktlarini yangidan qurish va rekonstruksiya ishlarini bajarish va ushbu qurilish montaj ishlari uchun 31,4 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga qadar 116,2 km elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi va 32 dona transformator punktlari yangidan qurildi.

Navoiy viloyatida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari doirasida 208,6 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 55 ta transformator punktlarida yangi qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan. Shuningdek, 171,3 km elektr tarmoqlari va 108 ta transformator punkti mukammal ta'mirlash ishlarini bajarilishi uchun jami 15,7 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 64,5 km elektr uzatish tarmoqlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari bajarildi. 44 ta transformator punkti modernizatsiya qilindi. Bundan tashqari, 74,5 km elektr uzatish tarmoqlarida va 131 dona transformator punktlarida mukammal ta'mirlash ishlari bajarildi.

Iste'molchilarning elektr energiya ta'minotini yanada yaxshilash uchun 1128,2 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 292 dona transformator punktlari hamda 5 dona 35-110 kVli podstansiyalarda  mukammal ta'mirlash ishlari uchun 2130,0 mln.so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. Amalda 679 km elektr uzatish tarmoqlari va 193 dona transformator punktlari, 2 ta podstansiyada  mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Qishloq joylarida arzonlashtirilgan namunaviy uy-joylar, ko‘p qavatli arzon uy-joylar, xizmat uylari, xarbiylar uchun va profilaktika inspektorlariga qurilgan uy-joylarining (2018 yil 18-yanvar PQ-3480-sonli qarori) tashqi elektr ta'minoti uchun jami 7,5 km elektr uzatish tarmoqlari va 12 dona transformator punktlari yangidan qurish va 1,3 mlrd.so‘m mablag‘ sarflash rejalashtirilgan.

Navoiy shahridagi aholini hamda kichik sanoat zonasi va erkin iqtisodiy zonasida yangi tashkil etilayotgan korxonalarni yetarli miqdorda, elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 110/6 kVli “BSI” podstansiyasidagi quvvati 16 000 kVA bo‘lgan kuch transformatorlarini quvvati 25 000 kVA bo‘lgan transformatorlarga almashtiriladi hamda mavjud 6 kVli tarqatish qurilmalarini rekonstruksiya qilish uchun 14,0 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 1 dona kuch transformatori 25 000 kVA quvvatlisiga almashtirildi. Ushbu ishlar uchun 6,0 mlrd.so‘m mablag‘ sarflandi.

Bundan tashqari Navbahor tumani xududida joylashgan 110/35/10 kVli “Yangi Qo‘rg‘on” podstansiyasida 16000 kVAli kuch transformatorini yuqori quvvatlisiga almashtirish uchun 6,0 mlrd.so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

Buning natijasida, Navbahor, Konimex, Karmana tumanlari va Navoiy shahridagi aholi hamda ijtimoiy soha obektlari ishonchli va mustahkam elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasi 146 ta mahallalardagi 39 152 dan ortiq aholi xonadonlari shu bilan birga tadbirkorlik sub'yektlarining hamda ijtimoiy soha obektlarining elektr energiyasi ta'minoti yanada mustahkamlanadi.

Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi.

Top