8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:30 / 03.07.2019 7808

Senat: Sirdaryoda boqimandalik kayfiyatidagi ayrim yer egalari jamoatchilik orasida muhokama qilindi

Foto: senat.uz

Joriy yilning 27-29 iyun kunlari Sirdaryo viloyatida rivojlanishi orqada qolgan g‘o‘za maydonlarida qo‘shimcha agrotexnik tadbirlarini o‘tkazish va biostimulyatorlar bilan oziqlantirish ishlari Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamda ijro organlari va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, 73396 gektar yerning holati bevosita joyida o‘rganilganda 22222 gektar (30 foiz) g‘o‘za maydonlari buzilib qaytadan ekilgani aniqlangan.  Oqoltin tumanida bunday yerlar 8185 gektar (umumiy g‘o‘za maydonining 11 foizi), Mirzaobod tumanida 3 580 gektar (4 foizi) va Sirdaryo tumanida 3015 gektar (4 foizi)ni tashkil etgani ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, o‘z vaqtida ekilmaganligi va sug‘orilmaganligi natijasida 2209 gektar g‘o‘za maydoni rivojlanishi orqada qolgan. Bunday holat asosan Sardoba (514 ga) Sayxunobod (434 ga), Oqoltin (367 ga) va Boyovut (317 ga) tumanlarida yuzaga kelgan.

Mazkur maydonlarni qoloqlikdan chiqarish maqsadida senatorlar, tegishli sektorlar rahbarlari, mas'ul korxona va tashkilotlar vakillari ko‘magida bevosita joyida tezkor choralar ko‘rilib, qo‘shimcha sug‘orish, mahalliy va mineral o‘g‘itlar hamda biostimulyatorlar bilan oziqlantirish ishlari tashkil qilindi. 

Begona o‘t bosgan 846 gektar maydonning har bir gektariga   chopiqchilar jalb qilinib, tozalash va qator oralarini kultivatorlar bilan yumshatish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, viloyatda sug‘orish ishlarini amalga oshirish uchun 278 ta otryad tashkil etilib, ularga suv xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklaridan 16980 dan ziyod suvchilar biriktirildi. 

“O‘z navbatida, bu borada fermerlarning mas'uliyatini oshirishga ham alohida e'tibor qaratildi. Ekin maydonlaridan samarasiz foydalangan fermer xo‘jaliklari faoliyati keng jamoatchilik orasida muhokama qilindi.

Imkoniyati bo‘la turib, boqimandalik kayfiyatidagi ayrim yer egalari jamoatchilik orasida muhokama qilinib, yerdan samarasiz foydalangani uchun qonunchilikda belgilangan qat'iy choralar xususida ogohlantirildi”, - deyiladi xabarda.

Ishchi guruh tomonidan viloyatning Sayxunobod va Guliston tumanlarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va ularni qiynab kelayotgan muammolarning aksariyati joyida bartaraf etildi, deya yakunlangan ma'lumot. 

Top