8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:30 / 03.07.2019 21619

Toshkentda yana bir katta loyiha – Cambridge Residence majmuasining taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda Murad Buildings developerlik kompaniyasi tomonidan yana bir ajoyib katta loyiha - Cambridge Residence majmuasi barpo etilayotgani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 28 iyun kuni Cambridge Residence turar-joy majmuasining tantanali taqdimoti va sotuv ofisining ochilish marosimi tashkil etildi. Mazkur majmua huddi  «shahar ichida qurilgan kichik shaharcha»ni yodga soladi. Uning hududida 11ta turar-joy binolari, Cambridge International School ingliz maktabi va bolalar bog‘chasi, savdo majmuasi va boshqa qulayliklar mavjud.

Qayerda joylashgan?

Cambridge Residence Toshkentning 3ta tumanlari chorrahasi – Olmazor tumanining Shimoliy Olmazor va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasida joylashgan. 

Barcha uylar zamonaviy, innovatsion texnologiyalar asosida yuqori sifatli, xorijdan keltirilgan qurilish materiallaridan barpo etilgan.

Siz kutgan qulayliklar

Yashil xiyobonda sayr qilish uchun turli xil ko‘p yillik daraxtlar va dekorativ o‘simliklar ekilgan. To‘rtta bolalar maydonchasi tashkil qilinib, xavfsiz va zamon talablariga javob beradigan anjomlar bilan jihozlangan. 

Cambridge Residence turar-joy majmuasida Cambridge International School xalqaro bolalar bog‘chasi va maktabi, savdo majmuasi, fitnes-markaz, mini-market, dorixona va gul do‘koni mavjud.

Unutilmas taqdimot kechasi

Majmuaning ochilish marosimida rezidensiyaning birinchi xaridorlari, hamkorlar va kompaniya do‘stlari tashrif buyurishdi. Barcha mehmonlar uchun bayram dasturxoni tayyorlandi. Shuningdek, O‘zbekiston simfonik orkestri mehmonlarga ajoyib bayramona kayfiyat ulashdi.

Shu bilan birga tashrif buyurganlarga bejirim dizayn asosida so‘nggi zamon talablariga mos ravishda jihozlangan tayyor xonadonlar namunalari namoyish etildi. Jajji mehmonlar esa bolalar maydonchasida miriqib o‘ynab, animatorlar ishtirokidagi bilim o‘yinlarida qatnashdilar.

Murod Nazarov, Murad Buildings kompaniyasi asoschisi va rahbari: 

«Biz «shahar ichida shahar» konsepsiyasiga rioya qildik, bu esa turar-joy binosi barpo etibgina qolmay, butun oila uchun qulayliklar yaratishni nazarda tutadi.

Ko‘p qavatli binoda istiqomat qiladigan har bir odam, nafaqat ishonchli va qulay turar-joyga, balki qo‘l-ostidagi infratuzilmaga muhtoj. Bolalar bog‘chasi, maktab, do‘konlar, restoranlar, qahvaxona, fitnes-markazlar va shu kabi qulayliklar turar-joyga yaqin bo‘lishi maqsadga muvofiq. Va yuqorida sanab o‘tilgan talablarga javob beradigan ilk loyiha Cambridge Residence turar-joy majmuasi, bu yo‘nalishdagi developerlardan birinchisi esa Murad Buildings kompaniyasi bo‘ldi».

Bu oqshom yig‘ilganlarni qutlash uchun Toshkentdagi Cambridge International School rahbari Karl Li Beyts ham sahnaga chiqdi:

«Kembridj xalqaro maktabi bu mashhur, Britaniya dasturi bo‘yicha bilim olishni ta'minlaydigan ta'lim brendi bo‘lib, endi u O‘zbekistonda. CIS’da, ham maktabda, ham bolalar bog‘chasida Buyuk Britaniya va Avstraliya, Kanada va AQShdan pedagoglar ta'lim beradilar. O‘quv jarayonlari ingliz tilida olib boriladi. Maktab bitiruvchilari o‘rta maktab ta'limini olganlik haqida jahondagi eng obro‘li hisoblangan ikkita xalqaro diplomga ega bo‘ladilar.

Farzandlar kelajagi uchun

Endilikda majmua hududida Cambridge International School – Kembridj xalqaro maktabining ham qad rostlashi sifatli ta'lim tizimini ta'minlashda xizmat qiladi. Mazkur maktabda 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ta'lim, shu jumladan, jahon bo‘ylab universitetlarga kirish huquqini beruvchi Cambridge International Examinations imtihonlarini topshirish imkoni taqdim etiladi.

Kembridj imtihonlari natijalari turli davlatlarda tan olinadi va yuqori baholanadi. Maktab bitiruvchilari butun dunyo bo‘ylab universitetlarga kirish huquqini beruvchi Cambridge Advanced Levels sertifikatini qo‘lga kiritadilar. Maktabda maktabgacha ta'limdan tortib, boshlang‘ich va o‘rta maktab, shuningdek, yuqori sinflarda IGCSE, AS va A Level xalqaro sertifikatsiyasini o‘z ichiga olgan to‘liq ta'lim sikli nazarda tutilgan.

Yanada yaqinroq tanishing!

Cambridge Residence turar-joy majmuasidagi barcha imkoniyatlar va qulayliklar bilan yaqinroq tanishishni istasangiz, majmuaning o‘zida joylashgan sotuv ofisiga tashrif buyurishingiz mumkin. Kompaniya boshqaruvchisi tashrif buyurganlarni kutib oladi va rezidensiyadagi turar- joy binolari hamda obektlari joylashuvi bilan tanishtiradi.

Yana bir qulay jihati, mehmonlar majmuaning butun hududi va shou-rumlari bilan maxsus golf-karlarda aylanib, tanishib chiqishlari mumkin.  

Cambridge Residence turar-joy majmuasidan hozirning o‘zida 25% chegirma, 36 oylik bo‘lib to‘lash yoki O‘zbekistondagi istagan bank orqali muddatli to‘lov mablag‘i yordamida xonadon xarid qilish mumkin.

Murojaat uchun:

Sotuv ofisining ish tartibi: dam olish kunlarisiz va tushliksiz, har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha.

Murad Buildings developerlik kompaniyasi

Manzil: Toshkent shahri, Avalon biznes-markazi, 1-qavat, Oybek ko‘chasi, 38a.

Telefon: +99871 200-88-22

E-mail:  info@mbc.uz

Cambridge Residence turar-joy majmuasi

Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, KHAY va Shimoliy Olmazor 

Telefon: +998 71 200 88 22 

E-mail: info@mbc.uz

Reklama huquqi asosida

Top